Endrik terma jamoadan chaqiruv olishi mumkin

  • 05.02.2026 22:53
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Qishki transferlar oynasida "Real"dan "Lion"ga ijara asosida borib qo‘shilgan Endrik ajoyib natijalar qayd etmoqda. U 5 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa, raqiblari darvozasini 5 marotaba ishg‘ol qilib, 1 ta assist amalga oshirdi. 

Xose Luis Sanchesning so‘zlariga ko‘ra, Karlo Anchelotti keyingi FIFA kunlarida Endrikni Braziliya terma jamoasi qaydnomasiga qo‘shishni reja qilgan. 

Real Madrid CF v RCD Mallorca - La Liga EA Sports

19 yoshli strayker "Real" zahirasida ko‘p vaqt qolib ketganidan keyin terma jamoaning doimiy futbolchilari qatoridan tushib qolgandi. U Braziliya safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!