
Endrikning taqdimoti qachon bo‘lishi ma’lum
"Real Madrid" Endrikni klubning yangi futbolchisi sifatida qachon e’lon qilishi ma’lum bo‘ldi
Braziliyalik hujumchining "Real Madrid"ning yangi futbolchisi sifatida taqdimoti 27 iyulga belgilangan. Bu haqida ispan klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 17 yoshli Endrik shu qishda "Real" bilan shartnoma imzoladi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar