
"Eng yaxshi bokschi" – Mujibillo Tursunov, umumjamoa hisobida Farg‘ona viloyati birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi.
-63,5 kg vazn toifasidagi bokschilar to‘qnashuvida Mujibillo Tursunov Sulaymon Latipov ustidan g‘alabaga erishib, ilk bor mamlakat chempioniga aylandi. Shuningdek, Tursunov erkaklar o‘rtasida musobaqaning "Eng yaxshi bokschisi" deb topildi.
Erkaklar o‘rtasida umumjamoa hisobida Farg‘ona viloyati jamoasi, qizlar o‘rtasida esa Jizzax viloyati jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.
Fikrlar