
Eng zo‘r uch darvozabon Ronaldu bilan o‘ynashni istamadi
Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan “An-Nasr” Evropadan tajribali darvozabon olib kelishni maqsad qilgan.
Saudiyaliklar ana shu rejani amalga oshirish maqsadida mashhur uch nafar darvozabonga murojaat qildi.
“An-Nasr” o‘z safiga ishsiz yurgan David de Xea, “Bavariya” posboni Manuel Noyer va “Atletik” golkiperi Unai Simonni taklif qilgan edi. Klub mana shu uch darvozabondan biri chorlovni qabul qilishini kutgandi.
Biroq amalda ularning hech biri “An-Nasr”da o‘ynash istagini bildirmadi.
Arablar rejasini amalga oshirish uchun ularga har mavsum uchun turli bonuslardan tashqari 30 million evro maosh va’da qilgan edi. Bu darvozabonlarning birortasi Evropadagi faoliyati davomida bu qadar katta maosh olmagan.
Fikrlar