
Engil atletika. Anvar Anvarov Shveytsariyada shohsupaga ko‘tarildi
Engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov Shveytsariyaning Jeneva shahrida “Golden Fly” musobaqasida ishtirok etdi. Uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan yurtdoshimiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Miliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Buxorolik atletning qayd etgan 7,87 metr natijasi unga ushbu muvaffaqiyatni taqdim qildi. Mazkur startda namibiyalik Layunel Kutzi 7,99 metr bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 7,96 metrga sakragan bolgariyalik Bojidar Saraboyukov kumush medal bilan taqdirlandi.
Fikrlar