
Engil atletika: Hamyurtlarimiz Osiyo o‘yinlari rekordini yangilab, oltin va kumush medallarini bo‘lishib olishdi
Osiyo o‘yinlarining bugungi kuni hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Engil atletikaning balandlikka sakrash bahslarida hamyurtlarimiz Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanovalar o‘z ishtiroklarini yakunlashdi.
Xususan, har ikkala sportchimiz oltin va kumush medallarini o‘zaro bo‘lishib olishdi. Xususan, Svetlana Radzivil 1,96 metrni zabt etgan holda, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Nadiya Dusanova 1,94 metrga sakradi va kumush medal sohibasiga aylandi. Kuchli uchlikni esa 1,84 metrni zabt etgan qozog‘istonlik Nadejda Dubovitskaya yakunlab berdi.
Qayd etish lozim, Radzivil ushbu natijasi orqali o‘zining 2010 yilda Guanjouda o‘rnatgan Osiyo o‘yinlari rekordini yangiladi.
Shu bilan medallar jamg‘armasi bo‘yicha norasmiy reytingda hamyurtlarimiz 12 ta oltin, 17 ta kumush va 16 ta bronza - jami 45 ta medal bilan medallar jamg‘arish bo‘yicha norasmiy reytingda 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar