
Engil atletika. Terma jamoamiz Osiyo chempionatida o‘n ikkita medal qo‘lga kiritishdi
Poytaxtimiz mezbonlik qilgan engil atletika U18 yosh toifasidagi qit’a birinchiligi o‘z nihoyasiga etdi. 4 kun davom etgan musobaqada qit’amizning 40 ga yaqin mamlakatidan 500 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Chempionatning so‘nggi kunida qizlar o‘rtasida 2000 metrga stipl-chez yugurishida Mahliyo Muhammadjonova 7:10.49 daqiqa bilan marraga birinchi bo‘lib etib keldi va jamoamizga uchinchi oltin medalni taqdim qildi. Etti kurash bahslarida 4739 ochko jamg‘argan Anna Chikalova hamda disk uloqtirish sektorida roppa-rosa 54 metr natija qayd etgan Abduaziz Rahmatullaev bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Shu tariqa, murosasiz bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Manba: MOQ
Fikrlar