
Engil atletika. Tokio-2020 ishtirokchisi Sadullaeva Jahon chempionatini kuchli beshlikda yakunladi
Safina Sadullaeva Jahon chempionatini beshinchi o‘rinda yakunladi.
Balandlikka sakrash dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz 1.89, 1.93, 1.96 metr balandliklarni bir urinishning o‘zida zabt etdi. 1.98 metr uchun birinchi harakat omadsiz o‘tgach, Sadullaeva ushbu balandlikni o‘tkazib yubordi va zaxirada qolgan 2 urinishni keyingi belgilangan 2 metr balandlik uchun ishlatishni tanladi.
Biroq yakunda ushbu urinishlar ham ko‘ngildagidek o‘tmadi. Shu tariqa, Sadullaeva musobaqada beshinchi bo‘ldi.
Fikrlar