Asosiy mazmunga oʻtish

Engil atletikachilarimiz Bahraynga jo‘nab ketdi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Vakillarimiz III Osiyo o‘yinlarida engil atletikaning 12 turida imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishadi.

Terma jamoamiz vakillari III Osiyo o‘yinlarida engil atletikaning 12 turida imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishadi.  Atletlarimizning musobaqadagi dastlabki ishtiroki 23 oktyabrga belgilangan. 

Shu kuni o‘smir qizlar o‘rtasida yadro itqitish, uzunlikka sakrash, 1500 metrga yugurish yo‘nalishlarida final bahslari o‘tkaziladi. 

Unda o‘zbekistonlik atlet qizlar ham ishtirok etadi. Shuningdek, o‘smirlar o‘rtasida uch xatlab sakrash va bosqon uloqtirish turlarida final bosqichi bo‘lib o‘tib, sportchilarimiz medallar uchun kurashadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Bahrayndagi Yoshlar Osiyo o‘yinlarida engil atletika musobaqalari 26 oktyabrga qadar 4 kun davomida o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q