Asosiy mazmunga oʻtish

Enrike "Barsa" ustidan g'alabani taminlaganlarni tilga oldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ularga rahmat

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrique Chempionlar ligasi umumiy bosqichi uchinchi turida «Barselona»ga qarshi o‘yinda (4:2) jamoasining himoyadagi o‘yini yuqori baholadi.

«Bu juda yuqori darajadagi o‘yin bo‘ldi, raqibimiz ham ajoyib edi. Biz ko‘rsatgan darajada himoyalanish oson emas, lekin men ishonamanki, aynan shu jihat g‘alabaning asosiy kaliti bo‘ldi», — dedi Enrique Canal+ efirida.

Murabbiyning ta’kidlashicha, bu mavsumda «Barselona» uchun ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. Unga qadar kataloniyaliklar o‘rtacha har o‘yinda to‘rt tadan gol urib kelayotgan edi, «PSJ» esa bu safar ularga faqat ikki bor gol urish imkonini berdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «PSJ» to‘qqiz ochko bilan Chempionlar ligasi umumiy jadvalida peshqadamlikka ko‘tarildi. Olti ochko jamg‘argan «Barselona» esa hozircha beshinchi o‘rinni egalab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q