Entoni Joshua Jeyk Polni yanchib tashladi!

  • 20.12.2025 15:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

20 dekabr kuni AQShning Mayami shahridagi "Kaseya Center" arenasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.

Kechaning markaziy jangida bokschi-bloger Jeyk Pol va sobiq jahon chempioni Entoni Joshua o‘zaro ringga ko‘tarildi.

6 raund etib belgilangan bahsda Pol bir necha bor nokdaun holatiga tushdi. So‘nggi raundga kelib, Joshua raqibini nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa 36 yoshli britaniyalikning professional rekordi 29-4. 28 yoshli amerikalikniki esa 12-2 ko‘rinishga keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!