Asosiy mazmunga oʻtish

Enzo Fernandezning o‘rniga – Frenki de Yong!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yaxshi tanlov

Football Insider portali xabar berishicha, Londonning “Chelsi” klubi markaziy yarim himoya chizigʻini kuchaytirish uchun Kataloniyaning “Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yongni asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilagan.

Transfer oynasining soʻnggi kunida Enco Fernandez “Manchester Siti”ga oʻtganidan  keyin “Chelsi” uning oʻrnini toʻldirish uchun “Monako”dan Lamin Kamarani sotib olishga harakat qildi. Biroq Frantsiya klubi bu bitimning amalga oshishiga toʻsqinlik qildi.

Endi London jamoasi boshqa nomzodlarga eʼtibor qaratmoqda. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 29 yoshli niderlandiyalik Frenki de Yong ular orasida ustuvor oʻrinda turibdi.

De Yong 2019 yilda “Ayaks”dan “Barselona”ga oʻtgan va kataloniyaliklar bilan birga La Liganing uchta chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. Futbolchining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha moʻljallangan. Kataloniya klubi uni asosiy tarkibning muhim aʼzosi deb hisoblaydi va yetakchi futbolchisi bilan xayrlashishni istamaydi.

Manba maʼlumotlariga koʻra, Ispaniya chempionini muzokaralar boshlashga koʻndirish uchun “Chelsi” 50 million funt sterlingdan yuqori rasmiy taklif kiritishi kerak boʻladi.

Frenki de Yong ham hujumga qoʻshilib oʻynaydigan markaziy yarim himoyachi, ham himoya chizigʻiga yaqinroq harakatlanuvchi pleymeyker vazifasini samarali bajarа oladi. Zarur hollarda u markaziy himoyadagi boʻshliqni ham toʻldirishi mumkin.

Niderlandiyalik futbolchi ajoyib texnikaga, pas berish madaniyatiga va raqib bosimi ostida toʻpni nazorat qilish qobiliyatiga ega.

Faoliyatining eng yaxshi davrida boʻlgan yarim himoyachi Angliya Premier-ligasining yuqori surʼatlariga muvaffaqiyatli moslashish uchun zarur barcha sifatlarga ega. “Chelsi” uning tajribasi va universalligi Xabi Alonso boshchiligida yangilanayotgan yarim himoya chizigʻini toʻliq shakllantirishga yordam berishini kutmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q