
Erik ten Xag: Bu futbolchilarga suyansa bo‘ladi!
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoaga Niderlandiya chempionatidan olib kelingan yangi o‘yinchilarga ishonch bildirib, xato qilmaganini ta’kidladi.
Ma’lumki, yozgi transferlar vaqtida manchesterliklar tarkibiga “Ayaks”dan Antoni va Lisandro Martines, “Feyenoord”dan Tirell Malasia qo‘shildi.
- Birinchidan, bu yigitlar o‘z mamlakatlari terma jamoalarida to‘p tepadi. Ikkinchidan, ularning barchasi Evrokuboklarda nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘ygan. Uchinchidan men bu ijrochilarni transfer qilishda ular biz namoyish qiladigan intensiv futbolga moslashganliklarini inobatga olganman, - dedi niderlandiyalik mutaxassis.
“Manchester Yunayted” Antonini 95 million, Martinesni 57,4 million va Malasiani 15 million evroga xarid qildi.
Fikrlar