Erkaklar terma jamoamiz kumush, ayollar terma jamoamiz esa bronza medalga sazovor bo‘ldi

  • 25.08.2023 19:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo

Bugun Birmingemda o‘tayotgan IBSA Jahon o‘yinlari va IBSA dzyudo Jahon chempionatida jamoaviy bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan erkaklar terma jamoamiz kumush, ayollar terma jamoamiz esa bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, yakkalik bahslarida vakillarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!