Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi 8 yilga diskvalifikatsiya qilindi

CHERY AUTO

Gruziya va O‘zbekiston erkin kurashchisi Davit Modzmanashvili 8 yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Xalqaro kurash federatsiyasi (UWW) qaror chiqardi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi ma’lum qildi.

Tecno

Modzmanashvilining 2012 yil London olimpiadasida olingan doping sinamasi 2018 yilda qayta tekshirilganda unda S.1.1 sinfiga mansub Dehydrochloromethyltestosterone taqiqlangan moddasi aniqlangan. 2012 yilda sportchi Gruziya olimpiya terma jamoasi tarkibida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Kurashchida 2008 yilda ham doping aniqlangani bois, bu galgi antidoping qoidabuzarligi uchun u 8 yilga diskvalifikatsiya qilinib, sportdan chetlashtirildi. Diskvalifikatsiya muddati 2018 yil 3 oktyabridan boshlab, 2026 yil 2 oktyabrga qadar belgilangan. Uning "London-2012" kumush medali olib qo‘yiladi hamda 2018 yil 3 oktyabrdan boshlab, bugungi kunga qadar barcha sport natijalari bekor qilinadi. 2012-2018 yillar oralig‘idagi sport natijalari va mukofotlari taqdiri yuzasidan UWW alohida qaror chiqaradi.

Eslatib o‘tamiz, Davit Modzmanashvili 2017 yildan buyon erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!