
Eron – O‘zbekiston. Matnli translyatsiya
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Eron hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs start olmoqda. Uchrashuvni saytimiz orqali matnli translyatsiya qilib boramiz.
0. Uchrashuv Eron terma jamoasining 9:8 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
1. Yzq berilmadi!
1 Eron darvozasiga penalti belgilanishi mumkin. Choriev yiqildi
1 O‘yin davom etadi....
1. Terma jamoamiz taym-aut oldi.
1. GOOOOOOOOOOL! Hamroeevvv yana hisobni qisqartirdi. Bitta gol qoldi!
1. GOOOOOOOOOL! Anasxon Rahmatov hisobni qisqartirdi.
1. Chorievning zarbasi darvozaning yonidan o‘tib ketdi
2. Eronlik futbolchi to‘pni to‘xtatib olishda qo‘li bilan o‘ynadi.
3. GOL! Choriev xatoga yo‘l qo‘ydi va eronlik futbolchi ochiq darvozni ishg‘ol qildi
4. Eronlik futbolchi maydonda utib oldi. Vaqt cho‘zish boshlandi shekili
6. VAAAH! Rahmatov to‘pga oyoq qo‘yishda biroz kechikdi. To‘p o‘rniga o‘zi darvoza to‘ridan joy oldi.
7. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Nishonovning ayyorona zarbasidan so‘ng to‘p darvozadan joy olmoqda! Olg‘a, yigitlar! 6:8!
7. Vakillarimiz raqibni jarima maydoni atrofida qamab qo‘ymoqda.
8. Nishonovning yaqin masofadan bergan zarbasini darvozabon qaytardi.
8. Futzalchilarimizning bosimi davom etmoqda. Bizda vaqt etarli!
9. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Husniddin Nishonov raqib darvozasini ishg‘ol etdi!
10. GOL! Darvozabonning xatosidan keyin raqib hisobdagi farqni oshirdi.
11. Futzalchilarimiz 5 kishi bo‘lib oldinga o‘tmoqda. Raqib qarshi hujumlarda o‘z fursatini poylayapti.
12. GOL! Afsuski, yana gol o‘tkazib yubordik. Darvozabonning xatosidan so‘ng raqib farqni 3 ta to‘pga etkazib qo‘ydi.
12. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Vakillarimiz hisobni tenglashtirdi. Bu safargi gol muallifi Anasxon Rahmatov. Davom etamiz!
13. Jamoamiz o‘ynovchi darvozabon bilan harakat qilmoqda. Elmurodovning oldinga chiqib ketganidan foydalangan raqib uzoq masofadan zarba berdi. To‘p ustunga tegdi.
14. Ropiev qulay imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.
15. Futzalchilarimiz o‘yinga qaytishga harakat qilmoqda. Olg‘a, yigitlar!
16. Darvozabonimiz almashdi. Eliboev o‘rniga Elmurodov tushdi
17. Eliboev seyv amalga oshirib jamoamizni muqarrar goldan qutqardi
17. Ikkinchi bo‘limda faqat himoyalanyapmiz
18. GOL! Futbolchilarimizning xatosidan so‘ng Ahmad Abbasi gol urdi
20. Ikkinchi taymga start berildi!
0. Birinchi bo‘lim yakunlandi!
1. Ropievning olis burchakdan yo‘llagan zarbasiga aniqlik etishmadi
1. Standart vaziyatdan so‘ng Sunnatilla Jo‘raev zarba yo‘lladi. To‘p raqib futbolchisiga tegb maydonni tark etdi
2. GOL! Farhod Tavakkoliy qulay vaziyatdan darvozani ishg‘ol qildi!
2. Darvozaga kirib ketayotgan to‘pni Usmonov qaytardi. Barakalla!
2. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Ropiev chiroyli kombinatsiyaga chiroyli nuqta qo‘ydi
2. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Dilshod Rahmatov jarima zarbasidan super gol urib, uni Ronaldu uslubida nishonladi
3. O‘yin davom ettiriladi.
3. O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi taym-aut oldi.
3. Raqib futbolchisi himoyachilarimizni osonlikcha ortda qoldirib zarba yo‘lladi. Eliboevdan seyv.
3. Nishonov raqib futbolchisini yiqitdi
4. GOL! Said Ahmad Abbosiy kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi
4. Darvozabonimiz maydon markazidan zarba yo‘lladi, raqib posbonidan seyv
5. VAAAAY! Rahmatovning kuchli zarbasi darvoza to‘siniga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi
6. Darvoza tomon yo‘llagan to‘pni Nishonov qaytarib qoldi.
6. Eron futbolchisi darvozabonimizning oldinga chiqib ketganini ko‘rib, zarba yo‘lladi. Eliboev qaytdi va to‘pni ushlab oldi
8. ZARBAAAA! Himoyachiga tegib qaytgan to‘pga Ropiev kuchli zarba yo‘lladi, darvozabondan seyv
9. Terma jamoamiz raqib tomnda bosim uyushtirmoqda.
10. Bosim uyushtirgan futzalchilarimiz raqibni xato qilishga majbur qilmoqda.
11. Mana shu temp va shturmni davom ettirish lozim. Olg‘a, yigitlar! Tarix yozish vaqti keldi!
11. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! O‘zbekiston hisobni qisqartirdi!
To‘sindan qaytgan to‘pni Husniddin Nishonov darvozaga yo‘lladi!
11. Dilshodning bu safargi urinishi biroz noaniq ketdi.
11. Ajoyib! Rahmatovning kuchli zarbasidan keyin raqib darvozaboni to‘pni qaytarishda qiynaldi.
11. O‘tkir burchakdan berilgan zarbani raqib posboni qaytardi.
12. Himoyadan hujumga chiqishda vakillarimiz xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Bu aksariyat urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlanishiga sabab bo‘lyapti.
12. Futzalchilarimiz tajribali va nomdor raqibdan biroz cho‘chib harakat qilmoqda. Bunday bo‘lmasligi kerak, yigitlar!
13. Ali Hasanzodaning kuchli zarbasidan so‘ng to‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi.
13. Ahmedov shogirdlari to‘pni nazorat qilishga harakat qilyapti. Biroq raqib pressingda juda kuchli o‘ynamoqda.
14. Yo‘q. Takroriy lavhani ko‘rgan referi o‘yinni davom ettirishga ruxsat berdi.
14. Eron darvozasi tomon penalti belgilanishi mumkin. Hakam videotakrorlarni ko‘rmoqda.
14. Terma jamoamizda o‘ta qulay imkoniyat yuzaga keldi. Chorievning dastlabki zarbasini himoyachi qaytardi. Takroriy urinishdan so‘ng to‘p raqibning qo‘liga tegdi.
15. GOL! Eron hisobdagi farqni ikkitaga etkazdi. Mahdi Javidning kuchli zarbasi darvoza to‘ridan joy oldi.
15. SEYV! Ravshan Eliboev raqibning kuchli zarbasini bartaraf etdi.
16. VUUUUUH! Akbar Usmonovning qaychi uslubdagi zarbasi darvozaning yonginasidan o‘tib ketdi
16. Anasxon Rahmatovda yaxshi imkoniyat bo‘lishi mumkin edi, biroq himoyachi chaqqonlik qildi
17. Termamiz ayni daqiqalarda himoyalanish bilan band
18. Davron Chorievning uzatmasini himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
19. GOL! Chiroyli kombnitsiyadan so‘ng Ali Hasanzoda uchrashuvda hisobni ochdi.
20. Uchrashuvga start berildi!
0. Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Bir necha daqiqalardan so‘ng uzoq kutilgan o‘yin boshlanadi. Jamoalar ayni damda o‘yin oldi mashg‘ulotlarni bajarmoqda.
Fikrlar