Eron chempionati. "Istiqlol" markaziy o‘yinda "Sepaxon"ni yutdi, Masharipov esa ...

Eron Pro-Ligasi 18-turidan o‘rin olgan "Istiqlol" va "Sepaxon" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda maydon egalari minimal hisobda g‘alaba qozondi.

Tehron klubi safida harakat qilayotgan legionerimiz Jaloliddin Masharipov bahsni asosiy tarkibda boshladi va 77-daqiqada zaxiraga olindi.

Ma’lumot uchun, "Istiqlol" ushbu g‘alabadan keyin ochkolar sonini 39taga etkazib, turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!