Eron chempionati. "Istiqlol" "Traktor" bilan durang o‘ynadi

  • 18.01.2026 20:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Eron chempionati 17-turidan o‘rin olgan "Istiqlol" - "Traktor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Bellashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Odil Hamrobekov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa, Rustam Ashurmatov 78-daqiqada zahirada tushirildi. Jaloliddin Masharipov esa qaydnomaga kiritilmadi. 

Shu tariqa, turning markaziy bahsida tomonlar bir ochkodan bo‘lib olishdi. Tabriz jamoasi ketma-ket 3 turdan beri durang o‘ynamoqda. Tehronliklar esa "Sepahon"ga yaqinlashib olish imkoniyatidan to‘liq foydalanа olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!