Eron chempionati qayta tiklanmaydi, terma jamoa esa JCh uchun tayyorgarlikni boshladi
Alisher Nikimbaevning xabar berishicha, mamlakat chempionati endi qayta tiklanmaydi va milliy terma jamoa allaqachon shu shanba kunidan Jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlaydi.
Ma'lum qilinishicha, tayyorgarlikning birinchi bosqichida jamoa Eron hududida uch haftalik yig‘in o‘tkazadi. Hozircha yig‘in manzili aniq belgilangan, asosiy e'tibor esa futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratiladi.
Shundan so‘ng Eron terma jamoasi ikkinchi yig‘in uchun Turkiyaga yo‘l olishi mumkin. Ushbu bosqich davomida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari ham rejalashtirilgan.
Shu tariqa, Jahon chempionatini boykot qilish haqidagi gap-so‘zlar amalda kun tartibidan chiqdi. Eron terma jamoasi mundialga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishni boshlamoqda.
Liga qayta tiklanmagani bois, vakillarimizning tez orada yana yurtimizga qaytishlari kutilmoqda.
Fikrlar