Eron. "Istiqlol" "Fulad"ni mag‘lub etdi. Masharipovdan assist

  • 07.12.2024 23:24
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Eron chempionatining 11-turida "Istiqlol" va "Fulad" jamoalari to‘qnash kelishdi va tehronliklar g‘alaba qozonishdi. 

Dastlab, 6-daqiqada Silva hisobni ochdi, oradan ko‘p o‘tmay Masharipovning pasidan so‘ng Amirali farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Jaloliddin o‘z nomiga gol ham yozdirib qo‘ygandi, lekin VAR golni bekor qildi. 

Shu tariqa, "Istiqlol" turnir jadvalida 8-o‘ringa chiqib oldi. "Fulad" esa 5-pog‘onaga tushib ketdi. 

"Fulad" 0:2 "Istiqlol"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!