Asosiy mazmunga oʻtish

Eron Pro ligasi. Ashurmatov jamoasi g‘alaba qozondi, Hamrobekov assist qayd etgan o‘yinda "Traktor" durang o‘ynadi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Uchrashuvlar yakunlandi.

Eron Pro ligasining 22-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Jumladan, "Istiqlol" safida harakat qilayotgan Rustam Ashurmatov jamoasi safarda "Mes Rafsanjan"ni kichik 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsda Ashurmatov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Shuningdek, yana bir hamyurtimiz Odil Hamrobekov to‘p tepayotgan "Traktor" "Malovan"ga qarshi bahsda 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Hamrobekov uchrashuvni to‘liq o‘tkazib, jamoasining yagona goliga assist muallifi bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q