Eronning jahon chempionatiga ishtiroki bo‘yicha yangi bayonot berildi

  • 31.03.2026 15:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Eron terma jamoasining 2026 yildgi jahon chempionatida ishtirok etishi haqida bayonot berdi.

- Biz shu voqelik ichida yashayapmiz va Eron jamoasi qanday qiyin vaziyatda ekanini tushunamiz. Biroq biz ular jahon chempionati o‘yinlarini eng qulay sharoitlarda o‘tkazishlari uchun ish olib bormoqdamiz.

Eron bo‘yicha vaziyatda bizda B, C va boshqa rejalar yo‘q. Faqatgina A reja mavjud — bu ularning “JCh-2026”da ishtirok etishidir.

Biz murakkab geosiyosiy vaziyatda turibmiz. Unga ta’sir o‘tkaza olmaymiz, ammo odamlarni tinchlik va bayram muhitida birlashtirish uchun sharoit yaratish imkoniyatiga egamiz, - dedi Infantino El Financiero nashriga.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Quy’a natijalariga ko‘ra, Eron “G” guruhidan joy olgan bo‘lib, Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya jamoalariga qarshi o‘ynaydi.

Avvalroq, Eron FIFA bilan milliy jamoa o‘yinlarini AQShdan tashqarida — Meksikada o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilayotgani xabar qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!