Ertaga Germaniyada 300 ming dollarlik turnir boshlanadi
FIDE Freestyle bo‘yicha Jahon Chempionati 2026 ertaga boshlanadi.
Dunyoning eng kuchli 8 grossmeysteri Fisher shaxmati bo‘yicha jahon chempionligi uchun kurashadi! Turnir 13–15 fevral kunlari Germaniyaning Vaysenhaus shahrida bo‘lib o‘tadi.
Unda Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov, Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Levon Aronian, Vinsent Keymer, Arjun Erigaisi va Hans Niemann ishtirok etadi.
Musobaqa formatiga ko‘ra, 13 fevral — barcha 8 nafar shaxmatchi bir-biri bilan bitta dan o‘yin o‘tkazadi.
Har bir ishtirokchi 7 ta partiya o‘ynaydi.
Vaqt nazorati: 10 daqiqa + har yurishda 5 soniya qo‘shimcha. 40-yurishgaча durang taklif qilish mumkin emas.
14–15 fevral — birinchi bosqichda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 4 nafar shaxmatchi chempionlik uchun kurashni davom ettiradi.
Qolgan 4 nafar esa 5–8-o‘rinlar uchun bahs olib boradi.
Vaqt nazorati: 25 daqiqa + har yurishda 10 soniya qo‘shimcha.
Agar hisob teng bo‘lsa — g‘olib Armageddonda aniqlanadi.
O‘yinchilar oldindan yashirin tarzda qora donalarda qaysi vaqt bilan o‘ynashga rozi ekanini belgilaydi.
Qora donalarda o‘ynagan shaxmatchiga durang ham g‘alaba hisoblanadi.
Oq donalarda o‘ynovchi belgilangan vaqtni oladi va albatta yutishi kerak.
61-yurishdan boshlab har yurishga 1 soniya qo‘shimcha vaqt beriladi.
Barcha partiyalar Fisher (Freestyle) formatida o‘ynaladi.
Boshlang‘ich joylashuv har safar tasodifiy aniqlanadi (klassik joylashuv ishlatilmaydi).
Mukofot jamg‘armasi — 300 000 dollarni tashkil qiladi.
1-o‘rin — 100 000$
2-o‘rin — 60 000$
3-o‘rin — 40 000$
4-o‘rin — 30 000$
5-o‘rin — 25 000$
6-o‘rin — 20 000$
7-o‘rin — 15 000$
8-o‘rin — 10 000$
Fikrlar
рейтинг 2ой аввалги эски рейтинг булиб турибди, янгиланмаган