Ertaga ikki nafar bokschimiz yarim finalda jang qiladi
Yerevanda davom etayotgan “Yerevan Mayor Cup” xalqaro turniri hal qiluvchi pallaga yetib keldi. Ertaga kubok doirasida bokschilarimiz ikki bahsda ishtirok etishadi.
Juftliklar bilan tanishing:
-55 kg: Shahzod Muzaffarov - Suren Rubinyan (Armaniston) 14:00
-70 kg: Iqboljon Xoldorov - Harutyun Hakobkoxyan (Armaniston) 14:45
Musobaqa Toshkent vaqti bilan 14:00 dan boshlab start oladi. Bu haqida O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar