
Eshitdingizmi, "Bunyodkor" futbolchisi faoliyatini yakunladi
Ko‘p yillar davomida “Bunyodkor” sharafini munosib himoya qilib kelgan Anvar G‘ofurov butsalarini mixga ilishga qaror qildi. Bu haqida u sports.uz saytiga ma’lum qildi.
Bu yil 39 yoshni qarshi oladigan G‘ofurov uchun “mavsum-2020” faoliyatidagi oxirgisi bo‘lib qoldi. U “Bunyodkor” tarkibida 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Vadim Abramov uni eng “keksa” o‘yinchiligi sababli ko‘pincha zaxirada qoldirdi.
Anvar G‘ofurov faoliyati davomida “So‘g‘diyona”, “Paxtakor”, “Navbahor”, “Dinamo”, “Mash’al”, “Obod” va “Bunyodkor” klublarida to‘p surdi. “Paxtakor”, “Mash’al” hamda “Bunyodkor” jamoalari bilan esa turli sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
Endilikda sobiq futbolchiga aylangan G‘ofurovning saytimizga aytishicha, bundan buyon o‘zini murabbiylikka bag‘ishlamoqchi. Agar barchasi ko‘ngildagidek kechsa u dastlabki murabbiylik faoliyatini “Bunyodkor”da boshlaydi.
Fikrlar