Eshpiritu Santu: "Biz OKMKni yaxshi bilamiz"

  • 18 sentabr, 2023, 02:45
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo chempionlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Al-Ittihod" - OKMK uchrashuvi uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida jiddaliklar bosh murabbiy Nunu Eshpiritu Santu jurnalistlarning savollariga javob berdi. 

"OChL - katta turnir va ushbu chempionatda o‘ynash yoqimli. Biz OKMKni yaxshi bilamiz va g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Albatta kuchli va taniqli jamoa bizni kutib turibdi. Birinchi bahs doimo alohida ahamiyatga ega. O‘tgan mavsum oxiridan buyon bu futbolchilarni turnirdagi ishtirokidan xabarimiz bor", - dedi portugaliyalik mutaxassis. 

Mazkur o‘yindan oldingi matbuot anjumanida Santu bilan birga Benzema ham ishtirok etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!