Etakchilaridan ayrilgan “Qizilqum”ni Namanganda jiddiy sinov kutmoqda, chempion Jizzaxda mehmon va “Paxtakor”ning kutilayotgan yirik g‘alabasi

  • 26 iyul, 2019, 09:00
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugundan Superligada ikkinchi davra bellashuvlari start olmoqda. Kun doirasidan 3 ta o‘yin o‘rin olgan. “Navbahor” o‘z uyida “Qizilqum”ni qabul qiladi. Chempion Jizzaxga boradi. “Paxtakor” esa Toshkentda “Qo‘qon-1912” bilan kuch sinashadi.

“Navbahor” – “Qizilqum”

Yangi murabbiy qo‘l ostidagi “Navbahor” ikkinchi davrada umuman boshqacha jamoa bo‘lishga va’da bergan “Qizilqum” bilan kuch sinashadi. Namanganliklarning yarim himoyasidagi asosiy o‘yinchisi Oston O‘runov “Lokomotiv”ga ko‘chib o‘tganidan xabaringiz bor. Bahodir Nasimov esa “Dinamo”ga ijraga berildi. Lekin uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilingan Azizbek Turg‘unboev “lochinlar” safiga qaytgan. Jamoaga kelib qo‘shilgan boshqa futbolchilar ham bor. Biroq ular haqida gapirish uchun yangilar avval o‘zlarini ko‘rsatishlari kerak.

Hamidjon Aktamov birinchi davra oxirlaridagi mag‘lubiyatlardan so‘ng jamoa ikkinchi davrada umuman boshqacha qiyofa aks etishini ma’lum qilgandi. Biroq davralar oralig‘ida navoiyliklarning asosiy futbolchisi Elguja Grigalashvilli faoliyatini boshqa erda davom ettiradigan bo‘ldi. Medina Smit poytaxtga yo‘l oldi. U ham ba’zi bir bellashuvlarda jamoasi joniga oro kirayotgandi. Qolaversa, navoiyliklar boshqa etakchilar bilan ham xayrlashishdi. Ketganlarning o‘rni chet ellik o‘yinchilar bilan to‘ldirildi. Ammo ularning o‘rni qandayligi borasida hozircha biror nima deyish qiyin.

Ushbu bellashuvda mezbonlarning imkoniyati yuqori. Deyan Jurjevich jamoaning o‘zagini saqlab qolgan. Bu esa ularga yana bir ustunlikni taqdim etadi.

Imkoniyatlar: 60% - 40%

“So‘g‘diyona” – “Lokomotiv”

Mavsum boshlanishidan avval “So‘g‘diyona” katta transferlarga qo‘l urishi, bu orqali jizzaxliklar grandlar qatoriga qo‘shilishlari kutilgandi. Ammo unday bo‘lmadi. Sergey Lushchan qo‘l ostida jamoa ko‘plab ochkolar yo‘qotdi. Ulug‘bek Baqoev “So‘g‘diyona” boshqaruviga kelgach, ahvol yaxshi tomonga o‘zgara boshladi. Lekin mavjud tarkib etakchilar qatoriga kirish uchun kamlik qilishini murabbiyning o‘zi ham yaxshi biladi. Biroq Baqoev davralar oralig‘ida jamoaga nisbatan kuchliroq futbolchilarni taklif etmadi (buning sababi, balki moliyaviy tomonga borib taqalar). Shu bois “Lokomotiv”ga qarshi bahsda mezbonlarning imkoniyatlari pastroq. “Temiryo‘lchilar” esa ikkinchi davraga yaxshi transferlar bilan tayyorgarlik ko‘rishdi: Oston O‘runov, Medina Smit va boshqa yoshlar.

Imkoniyatlar: 45% - 55%

“Paxtakor” – “Qo‘qon-1912”

Shota Arveladze shogirdlari ayni paytda raqobatchilaridan katta farq bilan oldinlab ketishgan. Jamoa safiga Gidi Kanyuk kelib qo‘shildi. Qolaversa, klub etakchilari bilan amaldagi shartnomalar uzaytirildi.

“Qo‘qon-1912”da ahvol yaxshi emas. Tarkib borasida muammolari bor. Etakchilikni o‘z qo‘liga oladigan futbolchi yo‘q. Jamoa qiyin ahvolga tushib qolsa, qolganlarni ruhlantira biladigan nomzod topilmayapti. Boz ustiga qo‘qonliklar doimiy murabbiyga ega emaslar. Klubni hozirgi kunga kelib, Aziz To‘xtaboev vaqtincha boshqarmoqda. Ushbu murabbiy jamoa Superligadan tushib ketmasligiga ishonchi komilligini aytdi. Biroq bu juda qiyindek ko‘rinmoqda. Transferlar olamida ham ijobiy tomonga o‘zgarish yo‘q.

Imkoniyatlar: 70% - 30%

Superliga, 14-tur

27 iyul, juma

19:30. “Navbahor” – “Qizilqum”

20:00. “So‘g‘diyona” – “Lokomotiv”

20:00. “Paxtakor” – “Qo‘qon-1912”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
USMANOV_82
26/07/2019 10:48
Ассалому алейкум! Барча мухлисларнинг севимли жамоаларига омад! Наабахорга алохида омад! Олга Навбахор! Стадионда куришгунча
&
Акмал
26/07/2019 19:18
Навбахор бугун 10 га ютади
&
МЮ
26/07/2019 13:39
Навбахорга омад
&
Ahadhon
26/07/2019 14:38
Nabaxorgaomad.
&
Ahadhon
26/07/2019 14:38
Nabaxorgaomad.