Yetmish million to‘lab, vunderkindni olavering!

  • 25.04.2026 08:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasida barqaror oʻyini bilan muxlisu mutaxassislar eʼtiborini tortayotgan “Bornmut” klubi rahbariyati jamoaning yosh iqtidorli Eli Krupini sotib yuborishga tayyorligini bildirdi.

Angliya klubi 2026 yilning yozida 19 yoshli futbolchi uchun 70 million yevro sanaydigan klub bilan transferni muhokama qilishga tayyor.

Bu haqida Football Insider nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, 19 yoshli fransiyalik forvardga eng katta qiziqishni “Manchester Yunayted” bildirmoqda. Shuningdek, “Liverpul”, “Arsenal” va “Chelsi” kabi qudratli klublar ham Krupini beʼeʼtibor qoldirayotgani yoʻq.

Kruppi joriy mavsumda 30 ta oʻyinda 10 ta gol urdi. Uning “Bornmut” bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi. Futbolchi ushbu klubda 2025 yil fevral oyidan beri oʻynamoqda.

Avval xabar qilingandek, Kruppi Angliya Premier-ligasida debut mavsumida 10 yoki undan koʻp gol urgan ilk oʻsmir futbolchi sifatida rekord oʻrnatdi.

Bungacha bu natijaga 1999-2000 yildagi mavsumda “Koventri Siti” safida Robbi Kin erishgan edi.

Transfermarkt portali Krupining transfer qiymatini 40 million yevro deb baholamoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!