Ettita grand klub argentinalik futbolchi uchun kurashmoqchi

  • 13.11.2025 17:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"River Pleyt" markaziy himoyachisi Lautaro Rivero Evropaning bir nechta top klublari nazariga tushgan.

Xabarlarga ko‘ra, 22 yoshli himoyachining xizmatlariga Londonning "Chelsi" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Aristokratlar" skautlari, bir necha bor "River Pleyt"ning o‘yinlarini stadiondan turib tomosha qilgan. Biroq Riveroni faqat "ko‘klar" emas, boshqa top klublar ham tarkibida ko‘rishni istamoqda. Ular qatorida, "Real Madrid", "Atletiko", "Manchester Siti", "Tottenxem", "Yuventus" va "RB Leyptsig" klublari bor. "Transfermarkt" portali futbolchini 4 million evroga baholamoqda. 

Ma’lumot uchun, fulbek 2025 yilda barcha turnirlarda umumiy 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urda va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!