"Everton" Moyze Kinni sotib oldi

"Everton" klubi "Yuventus" forvardi Moyze Kinning transferini rasmiylashtirdi.

19 yoshli futbolchi inglizlar bilan 5 yillik bitimga imzo chekdi.

"Everton" futbolchining transferi uchun 27,5 mln funt to‘ladi. Turinliklar futbolchini 36,6 mln funtga, qayta sotib olish huquqi evaziga qo‘yib yuborishdi.

2018/19 yilgi mavsumda, Kin Italiya chempionatida 13 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urgan va bitta assistlik vazifasini bajargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!