
"Everton" va "Chelsi" Benteke uchun kurash olib bormoqda
“Kristal Pelas” klubi forvardi Kristian Benteke mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Sportsmole nashrining xabar berishicha, 26 yoshli belgiyalik futbolchiga “Chelsi” va “Everton” klublaridan jiddiy takliflar bo‘lmoqda. Ta’kidlash kerakki, Benteke “Everton”dan ketgan Lukakuning o‘rnini egallasa, “Chelsi” ham aynan Lukaku transferidagi omadsizlikdan so‘ng aynan mana shu futbolchi nomzodiga to‘xtalmoqda.
Ma’lumot uchun, Benteke yakunlangan mavsum Angliya premer-ligasining 36ta uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 15ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar