"Everton" vakillari "Real" futbolchisi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda
«Real» klub yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini APLda davom ettirishga yaqin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira tvitterdagi o‘zining sahifasida yozib qoldirdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, «Everton» kolumbiyalik xavbek bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Xamesning o‘zi ham mersisaydliklar safiga o‘tishga tayyor. U Karlo Anchelotti qo‘l ostida to‘e tepishni istaydi.
Xames Rodriges bu mavsum La Ligada 7 o‘yinda maydonga tushib, bir marta gol urdi.
Fikrlar