"Everton" yozda MYu futbolchisini sotib olmoqchi

  • 15.02.2020 20:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Everton" klubi "Manchester Yunayted" himoyachisi Kris Smollingning xizmatlariga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “irischilar” 30 yoshli angliyalik futbolchini yozgi transferlar davrida o‘z savlariga qo‘shib olishmoqchi. Uning transfer narxi esa 20 mln evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Smolling joriy mavsumni “Roma” safida ijarada o‘tkazmoqda. U rimliklar safida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!