Kutilganidek, "Evro-2020" musobaqasi ham qoldirildi
Koronavirus kasalligi keng tarqalayotgani tufayli "Evro-2020" musobaqasi 2021 yilga qoldirildi. Bu haqda As nashri xabar bermoqda.
Ushbu ma’lumotni Norvegiya futbol federatsiyasi ham tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Angliya, Italiya, Ispaniya, Germaniya va yana bir qator chempionatlar qoldirilgan edi.
Ma’lumot uchun, sayyoramizda COVID-19 infektsiyasini yuqtirib olganlar soni 181,511 tani tashkil etmoqda va shulardan 7126 nafar inson vafot etgan.
Fikrlar