
Evro-2020. Bugun guruh bosqichi o‘z yakuniga etadi. So‘nggi turda super to‘qnashuv!
Bugun Evropa chempionati guruh bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z yakuniga etadi. Pley-off oldidan 4 o‘yin nimchorak final ishtirokchilarini aniqlab beradi.
Dastlab, Toshkent vaqti bilan 21:00da "E" guruhi qatnashchilari Slovakiya - Ispaniya hamda Shvetsiya - Polsha jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanadi.
Shuningdek, 00:00dan e’tiboran so‘nggi "F" kvartetidagi jamoalarning o‘rni uzil-kesil hal bo‘ladi. Buning uchun Germaniya Venriya bilan, Frantsiya Portugaliya bilan kuch sinashadi. Barcha bellashuvlar oldidan so‘nggi ma’lumotlarni SPORTS.uz orqali kuzatib boring!
Fikrlar