
"Evro-2020" g‘olibi "Yuventus"ga o‘tish uchun "Arsenal" va "Borussiya" Dortmunddan bo‘lgan takliflarni rad etdi
“Sassuolo” yarim himoyachisi Manuel Lokatelli “Yuventus”ga o‘tishga yaqin turibdi.
Jurnalist-insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 23 yoshli italiyalik futbolchi “Arsenal” va “Borussiya” Dortmund klublaridan bo‘lgan takliflarni rad etgan hamda “Yuventus”ga o‘tishga rozilik bildirgan.
Bundan tashqari Lokatelli “Yuve” bilan 2026 yilga qadar tuzilgan shartnoma borasida ham kelishuvga erishgan. Turin klubi ayni damda ushbu transferni tezroq yakunlash bo‘yicha ish olib bormoqda. Kelayotgan yangi haftada “Yuventus” vakillari “Sassuolo” rahbariyat bilan ushbu masalani muhokama qiladi.
Lokatelli o‘tgan mavsum A Seriyada jami 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urdi. U yaqinda Italiya terma jamoasi safida “Evro-2020”da g‘olib chiqdi.
Fikrlar