Evro-2020da chorak finallar boshlanmoqda. Bizni ajoyib o‘yinlar kutmoqda
Evropa yashil maydonlarida "Evro-2020" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Bellashuvlar qizg‘in pallaga kirgan va hal qiluvchi o‘yinlar bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun chorak final bahslari start oladi. Dastlab, Toshkent vaqti bilan 21:00da Shveytsariya - Ispaniya to‘qnashuvining shohidiga aylansak, keyin 00:00da Belgiya - Italiya uchrashuvi boshlanadi.
Shveytsariya avvalgi bosqichda amaldagi jahon chempionlarini penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratdi. Ispaniya mundial finalchisi - Xorvatiyani ortda qoldirdi. Belgiya Evro-2016 chempionini taslim etdi. Italiya esa Avstriyani qoldirib ketdi.
O‘yinlar Sankt-Peterburg va Myunxenda o‘tkaziladi.
Evro-2020. Chorak finallar, 2 iyul
21:00. Shveytsariya - Ispaniya
00:00. Belgiya - Italiya
Fikrlar