"Evro-2020"da gollar soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi

  • 12.07.2021 20:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempion bo‘lgan “Evro-2020” kiritilgan gollar soni bo‘yicha ham rekordni yangiladi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Ushbu musobaqadagi 51 ta uchrashuvda jamoalar 142 ta gol urishdi. Bu boradagi avvalgi rekord “Evro-2016”da qayd etilgan. Frantsiya yashil maydonlarida 108 ta gol kiritilgan.

“Evro-2020”dagi 142-golni Italiya terma jamoasi himoyachisi Leonardo Bonuchchi finalda Angliya darvozasiga kiritdi.  

“Evro-2020”ning har bir uchrashuviga o‘rtacha 2,78 ta gol to‘g‘ri kelmoqda. “Evro-2000” da ushbu ko‘rsatgich 2,74 ta golni tashkil qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!