"Evro-2020"ning qoldirilgani Italiya terma jamoasi uchun foydalimi?
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchinining so‘zlariga ko‘ra, “Evro-2020”ning kelgusi yilga qoldirilgani uning jamoasiga foyda keltiradi.
“Hech kim bunday vaziyatga tayyor bo‘lolmasdi. Ko‘p odamlar qurbon bo‘ldi va shu bois sport ikkinchi darajaga tushib qoldi.
Bizning jamoamiz yosh va shu bois biz yanada kuchaya olamiz. “Evro-2020”da yaxshi imkoniyatga ega edik. Ammo, hozirgi paytda bizdan kuchliroq jamoalr bor. Masalan, Frantsiya. Shunday ekan, musobaqaning qoldirilgani bizning foydamizga xizmat qiladi. Bizda terma jamoaga kira oladigan ko‘plab yosh futbolchilar bor”, - deydi Manchini.
Fikrlar