
"Evro-2024". 3-turini o‘tkazib yuboradigan futbolchilar ma’lum
Xabaringiz bor, kecha Evro-2024 musobaqasining 2-tur bahslari yakunlandi. Bugundan esa 3-tur uchrashuvlari start oladi. Top terma jamoalarning bir necha asosiy futbolchilari sariq kartochkalar ko‘payib ketganligi tufayli bu turni to‘tkazib yuborishadi.
Rodrigo Ernandes (Ispaniya) Albaniyaga, Rafael Leao (Portugaliya) Gruziyaga, Abdyulkerim Bardakji (Turkiya) Chexiyaga va Dodi Lukebakio (Belgiya) Ukrainaga qarshi bellashuvlarda jamoalariga yordam bera olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqadagi sariq kartochkalar chorak final bosqichidan keyin yangilanadi. Futbolchilar yarim finalni faqat qizil kartochka olgan taqdirdagina Evro-2024 finalida maydonga tusha olmasligi mumkin.
Fikrlar