
"Evro-2024". "A" guruhid ikkinchi o‘rin uchun kurashadigan jamoalar o‘rtasidagi o‘yin uchun prevyu
"Evro-2024" Germaniyaning Shotlandiya ustidan qozongan g‘alabasi bilan boshlandi. Nemislar 5:1 hisobida g‘alaba qozonib, ketma-ket 3 ta turnir startidagi omadsizligiga chek qo‘y olishdi. Shotlandlar esa o‘z muxlislarini hafa qildi. Ushbu guruhdan o‘rin olgan ikkinchi o‘yin bugun bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ikkala jamoa bilan yaqindan tanishib olamiz.
Vengriya
Vengriya saralash bosqichida mag‘lubiyatga uchramadi. 8 ta o‘yindan 5 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 bora durangga imzo chekdi. Jamoa tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, Evroda juda omadsiz sanaladi. Ular ushbu turnirdagi so‘nggi 9 ta uchrashuvidan faqatgina bittasida 3 ochkoni qo‘lga kirita olgan, lekin bu safar bunday qora an’anani to‘g‘irlab qo‘yish imkoniyatga ega bo‘lishmoqda. "Evro-2020"da Vengriya "o‘lim guruhi"dan joy olgandi (Frantsiya, Germaniya va Portugaliya). Endi esa Dominik Soboslai va uning do‘stlarining pley-offga yo‘l olish ehtimoli yuqoridir. "Liverpul" yarim himoyachisining terma jamoadagi o‘rni yuqori hisoblanadi. U saralash bosqichida 4 ta gol urib, 3 ta assist amalga oshirgandi. Irlandiyadan uchralgan mag‘lubiyatni hisobga olmaganda, Vengriya 2022 yildan buyon hech kimga taslim bo‘lmay kelmoqda.
Shvetsariya
Shvetsariya saralash bosqichida guruhdan ikkinchi o‘rin bilan chiqqandi. Eng qizig‘i Murat Yakin shogirdlari Ruminiyaga birinchi pog‘ona uchun kurashda yutqazgan. Shvetsariyaliklarni mag‘lub qilish oson emas, lekin bu jamoa so‘nggi paytlarda juda ko‘p durang o‘ynamoqda. Ular ishtirokidagi oxirgi11 ta o‘yindan 7 tasida kuchlar teng kelgan. Bu esa muxlislarning xavotiriga sabab bo‘lishi mumkin. Kamiga bu 49 yoshli mutaxassisning ikkinchi yirik turniri va Jahon chempionatida Portugaliyaga 6:1 hisobida mag‘lub mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etganini hech kim esidan chiqargani yo‘q. O‘tgan Evroda esa Vladimir Petkovich qo‘l ostida jamoa Frantsiyani yutib, chorak finalgacha etib kelgan. Bu safar ham Shvetsariyadan mana shunday mo‘’jiza talab qilinadi. Sababi, tarkibda Granit Jaka, Manuel Akanji va Yan Sommer kabi yulduzlari bor.
O‘zaro o‘yin
Vengriya so‘nggi marta Shvetsariyani 1998 yilda mag‘lubiyatga uchrata olgandi va bu o‘rtoqlik bahsi edi. Oxirgi bahsda esa, ya’ni 2017 yili shvetsariyaliklar 5:2 hisobida zafar quchgan. O‘yinda Zuber dubl qilgan bo‘lsa, Jaka, Fray, Lixtshtaynerlar bittadan gol urishgan, Guzmich va Ugraylar esa javob qaytarishgandi.
Tahminiy tarkiblar
Fikrlar