
"Evro-2024". Bugun ilk finalchi nomi ma’lum bo‘ladi
Bugun "Evro-2024"ning yarim finalidan o‘rin olgan ilk uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda Ispaniya va Frantsiya terma jamoalari o‘zaro kurash olib borishadi.
Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladigan bahs "Bavariya"ning uy stadioni bo‘lmish "Alyants Arena"da bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya pley-offda Gruziya va Germaniya ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Frantsiya Belgiya va Portugaliyani turnirdan chiqarib yubordi.
Fikrlar