
"Evro-2024". Bugun turnirning eng zerikarli jamoasi, yoki eng quvnoq jamoalaridan biri bilan xayrlashamiz.
Qiziqarli tarzda davom etayotgan Evropa chempionatida bugun navbatdagi chorak final o‘yinlari o‘tkaziladi. Avvaliga Angliya - Shveytsariya bahsini tomosha qilsak, keyinchalik mazkur qarama-qarshilik yakunidan biroz o‘tib, Niderlandiya - Turkiya bellashuvini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Bu terma jamoalarning xam tarixan olib qaraganda o‘zaro xisob-kitoblari bor. Bugun ana shu bahs-munozaralarga uzil-kesil nuqta qo‘yilishi mumkin.
Ikkala jamoalar xam bu bosqichga turli xil o‘yin kayfiyatida etib kelgan. Inglizlar ochig‘ini aytganda, bir necha futbolchining individual hatti-xarakatlari evazigagina 1/8 final bosqichida Slovakiyani taslim etishni uddasidan chiqishdi. Shveytsariya esa nimchorak finalda Italiyani 2:0 xisobida mag‘lub etgan xolda, ishonch bilan bu bosqichga etib keldi. Terma jamoalarning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari xam kichik ustunlikda Shveytsariya foydasiga baholanmoqda.
Bu terma jamoalar shu paytgacha umumiy 27 marotaba kuch sinashgan. Angliya xisobida 19 g‘alaba bo‘lsa, shveytsarlarda atigi 3 tagina yutuq mavjud. Bo‘lib xam faqatgina norasmiy maqomdagi xalqaro o‘rtoqlik bellashuvlarida. Qolgan 5 ta qarama-qarshilikda tomonlar durangga imzo chekishgan.
E’tiborli jixati shuki, Shveytsariya o‘z tarixida rasmiy o‘yinlarda Angliyani faqat bir marta mag‘lub etgan. U xam bo‘lsa, 1982-yilgi jaxon chempionati saralashi doirasidagi bellashuvda sodir bo‘lgan. 1981 yilning 30 may sanasida Bazel shaxridagi “Sankt Yakob Park” stadionida o‘tgan bellashuvda 2:1 xisobi qayd etilgan. Freddi Shveller va Klaudio Sulzerlarning kiritgan gollariga “uch sherlar”dan faqatgina Terri Makdermott javob qaytara olgan.
Rasmiy maqomda kechgan qolgan bellashuvlarning 7 tasida “futbol vatani vakillari” g‘alaba qozongan. Yana 4 ta o‘yinda g‘olib tomon nomi aniqlanmagan.
Shunday qilib, bugun yoki turnirning eng zerikarli jamoasi, yoki ko‘pchilik e’tirofidagi quvnoq jamoalaridan biri bilan xayrlashamiz.
Fikrlar