
Bugun "Zo‘r TV" faqat bitta uchrashuvni JONLI efirda olib beradi
Xabaringiz bor, bugun Evropa chempionati guruh bosqich 3-tur o‘yinlari start oladi. Mazkur sanada Germaniya - Shveytsariya hamda Shotlandiya — Vengriya bahslari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
"Zo‘r Tv" mamlakatimizda Evro musobaqalarini jonli efirda muxlislarga taqdim etmoqda. Ikkala uchrashuv ham bir xil vaqtda - 00:00da bo‘lganligi sabab Shotlandiya — Vengriya qarama-qarshiligi Germaniya - Shveytsariyadan keyin efirga uzatiladi.
Fikrlar