
“Evro-2024”: Legionerimiz qaysi terma jamoa Evropa chempioni bo‘lishini aytdi
Germaniya maydonlarida davom etayotgan Evropa chempionatida kuchli terma jamoalar saralanib bormoqda.
“Evro-2024” o‘yinlarini boshqa mamlakatlardagi futbol jamoatchiligi ham katta qiziqish bilan kuzatib boryapti.
Rossiya Premer-ligasida ishtirok etayotgan “Rubin” klubi o‘z futbolchilari o‘rtasida qaysi terma jamoa chempion bo‘lishi mumkinligi haqida so‘rov o‘tkazdi.
Unga ko‘ra, “Rubin”ning olti nafar futbolchisi qit’a chempionatida ispanlarning qo‘li baland kelishini kutmoqda.
Musobaqa mezboni – Germaniyaga to‘rt kishi ovoz berdi. Futbolchilar orasida Angliya, Frantsiya va hatto Gruziyaning chempion bo‘lishiga ishonayotganlar bor ekan.
So‘rovda qatnashgan legionerimiz Umarali Rahmonaliev birdaniga ikkita terma jamoaga ovoz berdi. 20 yoshli futbolchimiz Evropa chempionati g‘olibligi Ispaniya yoki Germaniya terma jamoasiga nasib qilishiga ishonmoqda.
“Rubin” o‘yinchilarining tanlovi quyidagicha bo‘ldi:
Egor Teslenko – Ispaniya
Soltmurad Bakaev – Gruziya
Valentin Vada – Angliya, Germaniya yoki Ispaniya
Oleg Ivanov – Germaniya
Marat Apshatsev – Ispaniya
Aleksandr Lomovitskiy – Ispaniya
Bogdan Yochich – Germaniya
Ugochukvu Ivu – Frantsiya
Umarali Rahmonaliev – Germaniya yoki Ispaniya
Vitaliy Lisakovich – Ispaniya
Fikrlar