Asosiy mazmunga oʻtish

"Evro-2024". Pley-offda keyingi bosqichga yo‘l olgan terma jamoalar bilan tanishing!

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 0

So‘nggi juftliklar ma’lum

"Evro-2024" saralash bosqichining dastlabki pley-offidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi. 

Gretsiya yirik 5:0 hisobida Qozog‘istonni mag‘lub qilgan bo‘lsa, Islandiya Isroil ustidan zafar quchdi. Shuningdek, Polsha va Uels ham keyingi bosqichda. Pley-offning eng dramatik o‘yini Bosniya va Ukraina o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Dastlab gol o‘tkazib yuborgan ukrainaliklar so‘nggi daqiqalarda ikki marta javob qaytarib. kambek amalga oshirdi. 

Shu tariqa, "Evro-2024" saralash bosqichi doirasida so‘nggi 3 ta o‘yin qoldi. Gruziya - Gretsiya, Uels - Polsha va Ukraina - Islandiya. Mazkur uchrashuvlar 26 va 27 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q