
"Evro-2024". UEFA terma jamoa futbolchilari sonini 26 taga etkazishi uchun ruxsat berdi
Germaniya mamlakatida o‘tadigan "Evro-2024" musobaqasida terma jamoalar tarkibi 26 nafar futbolchidan tashkil topishi mumkin. Bu haqda Frantsiyaning mashhur "L'Equipe" nashri xabar berdi.
Avvalgi qonunga ko‘ra, terma jamoalar 23 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin edi. Endilikda UEFA Evropa chempionatida ham shu amaliyotdan foydalanib ko‘rishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash holat 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ham amal qilgan edi. Germaniyadagi "Evro-2024" turniri 14 iyunda start olib, 14 iyulda yakuniga etadi.
Fikrlar