"Evro-2024"ning eng yaxshilari aniqlandi

  • 15.07.2024 02:21
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Evro-2024" finalidan o‘rin olgan Ispaniya - Angliya bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda "Qizil Furiya" 2:1 hisobida zafar quchdi. 

47-daqiqada Niko Uilyams hisobni ochdi. 73-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Koul Palmer muvozanatni tikladi. 86-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda ispanlar safida zaxiradan bellashuvga qo‘shilgan Oyarsabal Ispaniyaga chempionlikni olib kelgan golga mualliflik qildi. 

Shu tariqa, De la Fuente shogirdlari "Evro-2024" g‘olibiga aylandi. 

"Qizil Furiya" xavbeki Rodri mazkur turnirning eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etildi. Bundan tashqari, Lamin Yamal turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi, deb topildi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!