Evro. Amaldagi chempionlar hali mag‘lubiyatga uchramagan Shveytsariyaga qarshi (prevyu)

  • 29 iyun, 2024, 16:04
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorvatiyaga qarshi guruhdagi so‘nggi o‘yinida Mattia Zakkanining dramatik so‘nggi zarbasi bilan "azurri" pley-off bosqichiga yo‘l oldi va endi ular nimchorak finalida Shveytsariya bilan to‘qnash kelishmoqda.

Tecno

Luchano Spaletti shogirdlari hali bu turnirda katta hisobda g‘alaba qozongani yo‘q. Xorvatiyaga qarshi o‘yindagidek, Italiya Albaniya ustidan kichik hisob bilan zafar quchdi. Shu bilan birga, Ispaniyadan og‘riqli mag‘lubiyatni ham qabul qilib oldi. Bu esa jamoaga bo‘lgan ishonchni kamaytiradi, lekin italiyaliklar aynan pley-off bosqichida o‘z kuchini ko‘rsata oladi. Jamoani so‘nggi marta Germaniya 2016 yili bu bosqichda taslim qila olgandi. 

Shveytsariya hozircha mag‘lubiyatsiz qolmoqda. Birinchi o‘yinda Vengriya ustidan qozonilgan ishonchli g‘alaba, keyingi o‘yinda Shotlandiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Murat Yakin shogirdlariga guruhning so‘nggi o‘yinida mezbon Germaniya bilan murosa ko‘chasini tanlab, ikkinchi o‘rinda qoldi.

Switzerland players celebrate after the Euro 2024 Group A win over Hungary at Cologne Stadium, Cologne, Germany

Barcha musobaqalar bo‘yicha so‘nggi beshta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan shveytsariyaliklar 1993 yildan beri Italiyani mag‘lub eta olmayotgan bo‘lsa-da, so‘nggi olti uchrashuvning beshtasida durang natija qayd etilgan.Tomonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi uchrashuv 2021 yilning noyabr oyida Rimdagi “Olimpiko” stadionida 1:1 hisobidagi durang edi. 

Italy 1-1 Switzerland: Jorginho skies late penalty as automatic qualifying hopes go to the wire

Taxminiy asosiy tarkiblar:

Italiya: Donnarumma; Darmian, Bastoni, Manchini, Di Lorentso; Fagoli, El Shaaravi, Barella, Kristante, Kesa, Skamakka

Shveytsariya: Zommer; Rodriges, Akanji, Shar, Ebisher, Froyler, Jaka, Sterigou; Ndoye, Vargas, Embolo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!