Evropa ligasi. TsSKA 1/8 finalga chiqdi

  • 22 fevral, 2018, 00:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina, Evropa ligasi 1/16 final bosqichi doirasida Rossiyaning TsSKA hamda Serbiyaning "Tsrvena Zvezda" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

Moskvalagi "VEB-Arena" stadionida kechgan bahsning birinchi bo‘limi so‘nggida Alan Zagoev tomonidan kiritilgan yagona gol "armiyachilar"ga g‘alaba keltirdi.

Serbiyadagi bahsda 0:0 hisobi qayd etilgani bois, Viktor Goncharenko boshqaruvidagi TsSKA 1/8 final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Evropa ligasi. 1/16 final. Javob o‘yini

TsSKA (Rossiya) – “Tsrvena Zvezda” (Serbiya) 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 – 45 Dzagoev.

TsSKA – Akinfeev, Ignashevich, Vasin (Nababkin, 26), Fernandes, Berezutskiy, Dzagoev, Kuchaev, Natxo, Vernblum, Vitino (Milanov, 77), Musa.

“Tsrvena Zvezda” – Boryan, Savich, Rodich, Stoykovich, Donald (Srnich, 78), Yovichich (Rachich, 88), Le Tallek, Krstichich, Radonich (Adjich, 88), Peshich, Ben-Nabuan.

Ogohlantirishlar: Le Tallek (49), Vernblum (51), Berezutskiy (66), Stoykovich (69), Kuchaev (83).

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!